Xavi: "Men u bilan shartnoma imzolab bo'lgan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
6 apr 2022, 23:52
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Usmon Dembeleni maqtadi.

- Dembelening o'zgarganini payqadingizmi?

- U o'zining ishiga bo'lgan munosabati hamda sodiqligi borasida boshqalarga o'rnak bo'lmoqda. U juda xursand va ishtiyoqqa boyligi ko'rinib turibdi. Usmonda g'oliblik xarakteri bor. U hatto dam olish kunlarida ham mashg'ulotlar qilayotgani meni ajablantirayotgani yo'q.

- Usmonning qolishi aniq bo'lishini yana qancha kutishga tayyorsiz?

- Bu muzokaralarga bog'liq. Klubdagilar mening vazifalarimni biladi va biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz.

Agar qo'limda bo'lganida u bilan men shartnoma imzolab bo'lgan bo'lardim. Biroq hozirda moliyaviy holatimiz yaxshi emas. Biroq shunga qaramasdan klubdagilar bu borada yaxshi ishlamoqda, - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia