"Vest Xem" yozgi transfer oynasida Lyakazett bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi

Alisher
17 mar 2022, 10:16
"Vest Xem" "Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazettga qiziqmoqda.

"Bolg'a urarlar" 30 yoshli fransiyalik futbolchi bilan yozgi transfer oynasida erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.

Lyakazett 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assist qayd etdi.

Forvardning hozirgi klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: teamtalk.com