"Valensiya" "Barselona" sobiq hujumchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
Sherzod Nurmatov
8 avg 2023, 11:39
"Valensiya" hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida.
Malumotlarga ko'ra, klub "Espanol" hujumchisi Martin Breytueytga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi La Ligada o'ynash uchun hozirgi klubidan ketishga tayyor. "Valensiya" qiyin moliyaviy ahvolda, bu esa ushbu transfer imkoniyatlarini pasaytiradi.