To'xtaxo'jaev: "Turnirdagi ishtirokimizni qoniqarli desa bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
14 sen 2016, 12:13
"Lokomotiv" hamda "Al-Ayn" o'rtasidagi OCHL chorak final javob uchrashuvidan (0:1) so'ng, "temiryo'lchilar" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev bahs haqida fikr bildirdi.

"Al-Ayn" qarshi hujumda o'ynadi. Bizga bu bahsda ko'proq omad yetishmadi deb o'ylayman.

O'ng qanotda o'ynashimga keladigan bo'lsak, murabbiyning qarorini hurmat qilaman va u aytgan joyda bor kuchim bilan o'ynashga harakat qilaman.

Artur bilan bir-birimizni tushunib o'ynashimizga raqib halaqit qildi deb o'ylayman. Kelajakda Gevorkyan bilan ajoyib o'yin ko'rsatishga umid qilaman.

Turnirdagi ishtirokimizni qoniqarli desa bo'ladi. OCHLning joriy mavsumidan oldin bizga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan edi. Biz buni uddaladik. Finalga chiqishga harakat qilgan edik, ammo bu maqsadga erisha olmadik.

Bu mag'lubiyat O'zbekiston chempionati o'yinlariga ta’sir qilmaydi deb o'ylayman. Endi bor e'tiborni milliy birinchilik bahslariga qaratamiz. Asosiy maqsadimiz - Chempionatda g'olib bo'lish va O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish" - deydi To'xtaxo'jaev.

Shahboz Beg'amov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia