"Tottenxem" Keyn sotilsa, Koutino va yana bir necha o'yinchilar bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
5 avg 2021, 18:47
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoga "Tottenxem" qiziqmoqda.

29 yoshli braziliyalik futbolchi forvard Xarri Keynning sotuvi amalga oshsa, ehtimoliy transfer maqsadlari ro'yxatiga kiradi.

Koutinoning agenti Kia Jurabchian "Tottenxem" vakillari bilan gaplashdi.

Agar londonliklar Keynni 150-180 million evroga sotishsa, bir yo'la bir necha poziciyalarni sifatli kuchaytirishga urinib ko'radi.

Filippe o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo