Shomurodovning "Jenoa"ga o'tishi xavf ostida qolmoqda: "Verona" va "Fiorentina" "Rostov"ga murojaat bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2020, 22:17
"Jenoa" sport direktori Daniele Fajiano "Metaratings.ru"ga bergan intervyusida "Rostov" forvardi Eldor Shomurodovning yaqin orada jamoaga o'tishini tasdiqlaganiga qaramay, transfer so'nggi daqiqada muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, A Seriyaning yana ikkita klubi – "Verona" va "Fiorentina" O'zbekiston milliy terma jamoasi forvardi uchun 10 million evrogacha taklif qilishga tayyor.

Shu bilan birga, "binafshalar" futbolchi uchun summani birdaniga to'liq holda, "Verona" va "Jenoa" esa faqat qismlarga bo'lib to'lashga tayyor. Bunday vaziyatda genuyaliklarning taklifi eng maqbul ko'rinishga ega emas, shuning uchun futbolchi "Jenoa"ga o'tmasligi mumkin.

Yana bir ma'lumotga qaraganda, "Rostov"ning "Verona" va "Fiorentina" bilan dastlabki kelishuvlari faqat og'zaki shaklda. Rossiya klubi italiyaliklardan rasmiy takliflarni 1 oktyabr, payshanba kuni oxiriga qadar kutmoqchi.

BREAKING: “Jenoa” klubi Championat.asia'dagi xabarni tasdiqladi

Eshitdik-da! Eldor Shomurodov ertaga "Jenoa" bilan shartnoma tuzadi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metaratings.ru