

Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Istanbul Bashakshehir" tarkibida Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. Ushbu bahsda Fayzullayev assist qayd etgan bo'lsa, Shomurodov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Sofascore nashri Fayzullayevga 7,3 baho qo'ygan bo'lsa, Shomurodov 7,1 bahoga loyiq ko'rildi.




