

"Guruhda birinchi o'rinni egallaganimizdan xursandmiz. Qilgan mehnatlarimiz zoe kyetmadi. Bahraynga qarshi o'yinda ham g'alaba loyiq edik deb o'ylayman. Garchi uchrashuv biz uchun qiyin kechgan bo'lsada, g'alabani o'z tomonimizga og'dira oldik. Ushbu bosqichdagi oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik va tabiiyki jamoaning kayfiyati yuqori darajada. O'z uyimizdagi o'yinlarda yorqin futbol ko'rsata olmayapmiz? Menimcha, bu raqib jamoalarining himoyadan o'ynayotganidan bo'lsa kerak. Shu boisdan ham biz ularni himoya qo'rg'onini yorib o'tishda ko'proq muammolarga duch keldik. Har bir jamoa o'z maydonida g'alabani ko'zlaydi va asosiy e'tiborini hujumga qaratadi. Shu tufayli safardagi uchrashuvlarda erkinroq va samarali o'ynaymiz. Mundial chiptasi? Nega endi yo'q? Albatta JCHga yo'llanma olish uchun bor kuchimizni sarf etamiz. O'tgan safargi urinishda bunga juda yaqin kelgandik. Bizga o'shanda faqatgina omad yetishmagandi. Bu safar oldimizda turgan vazifani uddalaymiz deb o'ylayman. Orzuimizga yetishish uchun qattiq kurashamiz", - dedi Server Jeparov.



