Sarri iste'foga chiqarilsa, "Chelsi" boshqaruviga klub afsonasi kelishi mumkin

Eldor Akmurzayev
26 apr 2019, 22:45
Chelsi rahbariyati mavsum yakunlanganidan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Maurisio Sarrini iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Aristokratlar boshqaruviga asosiy nomzod sifatida klub afsonasi Frenk Lempard ko'rilmoqda. Lempard “Derbi Kaunti bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning jamoasi chempionshipning 44 turidan so'ng, 67 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. 40 yoshli sobiq yarimhimoyachi 2001-2014-yillar oralig'ida londonliklar safida to'p tepgan. 

Eslatib o'tamiz, Chelsi hozirda APL turnir jadvalida 35 turdan keyin 67 ochko to'plagan holda 4-o'rindan joy olgan. Jamoa Yevropa ligasining yarim finalida Ayntraxt" bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN