Ronalduga qiyin. A Seriyada koronavirus sabab futbolchilarning maoshi kamayishi mumkin

Alisher
20 mar 2020, 13:35
Italiyada koronavirus epidemiyasi tarqalayotgani sababli barcha sport turnirlari to'xtatilganidan xabaringiz bor.

Xabarlarga ko'ra, A Seriya klublari shu sababdan o'yinchilarning maoshini kamaytirishi mumkin.

Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina iqtisodiy masalalarni ochiq qoldirgandi. Aytilishicha, klublar endilikda eng ko'p maosh oluvchi futbolchilarning maoshini 20-30%ga kamaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqdalar.

Ushbu tashabbus "Yuventus" yetakchisi Krishtianu Ronalduga bevosita ta’sir qiladi. Bilamizki, u yiliga 31 million evro maosh oladi. Maoshlar kamaytiriladigan bo'lsa Ronalduning oladigan haqi 6,2 dan 9,3 million evrogacha qisqaradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it