Ispaniya va Italiya klublari APLdagi ukrainalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Alisher Ostonov
2 noya 2025, 12:33
Ukraina terma jamoasi va "Everton" himoyachisi Vitaliy Mikolenko Italiya chempionati va Ispaniya La Ligasi klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Bu haqda jurnalist Rudi Galetti ma'lum qildi. Insayderning yozishicha, Yevropa klublari skautlari ukrainalikning ingliz jamoasidagi barqaror o'yinidan hayratda.

26 yoshli himoyachi Transfermarkt portali tomonidan 25 million evroga baholanmoqda. Vitaliyning "ko'klar" bilan mehnat shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Mikolenko Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida oltita o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/RudyGaletti