Ronaldu “Parma”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

17 yanv 2020, 07:46
Bu haqda Turin klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko'ra, jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu payshanba kungi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan. Avvalroq Ronalduga burun bo'shliqlarining yallig'lanishi (sinusit) tashxisi qo'yilgandi. U hali ushbu kasallikdan tuzalmagan. Hujumchi ushbu sabab tufayli Italiya Kubogi doirasida “Udineze”ga qarshi bahsni ham o'tkazib yuborgan. Endi futbolchi 19 yanvarda bo'lib o'tadigan A Ceriya 20-turi doirasidagi “Parma”ga qarshi bahsni ham o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Ювентус” расмий сайти