"Renn" "Monako" himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
27 dek 2023, 18:22
"Renn" "Monako" va Chili termasi himoyachisi Gilermo Maripanni sotib olmoqchi.

Monegasklar futbolchisini 10 million evroga qo'yib yuborishga tayyor, sababi klub himoyachining muntazam jarohatlaridan charchagan.

Maripan "Monako" safida 2019 yil yozidan buyon to'p tepib keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Bu mavsum markaziy himoyachi Fransiya chempionatining 12 o'yinida maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. 

"Transfermarkt" portali 29 yoshli chililik transferini 10 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footmercato.net