"Real" - Ryudiger uchun maqsad. Nemis yiliga 12-15 mln funt olmoqchi, "Chelsi" esa 8,5 mln taklif qilmoqda

Alisher
15 dek 2021, 18:01
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger "Real"ga o'tishi mumkin.

Agar 28 yoshli nemis London klubidan ketsa, "Real" - uning maqsadi, muzokaralar ketmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Yozda "Chelsi" bilan shartnomasi yakunlanadigan Ryudigerning haftasiga 400 ming funt maosh olishni xohlayotgani haqiqat emas. Ammo, u "ko'klar" taklif qilayotganidan ko'proq olmoqchi - yiliga 8,5 mln. U 12-15 mln ishlamoqchi.

Shuningdek "Bavariya"ning Antonio talab qilayotgan maoshni to'lash olmasligi va muzokaralarni rad etgani tasdiqlanmadi. Tomonlar hali ham aloqada, ammo myunxenliklar dastlab himoyachi Niklas Zyule bilan muzokara olib bormoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern