“Real”-“Ayaks”. Amstyerdamliklar 23 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasining safar o'yinida yirik hisobda g'alaba qozondi

6 mar 2019, 08:09
“Ayaks” kecha Chempionlar ligasining 1/8 finali javob o'yinida “Real” mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda “Ayaks” “Real”ni 4: 1 hisobida taslim qildi.  Amstyerdam klubi 23 yil ichida ilk bor musobaqaning safar o'yinida yirik hisobda g'alaba qozondi. “Ayaks” so'nggi bor 1996 yil aprelida Afinada “Panatinaikos”ni 3: 0 hisobida yutgandi.  

Bundan tashqari “Ayaks” mavsumda ketma-ket 4 ta o'yinda g'alaba qozondi. Jamoa bu o'yinlarda 17 ta gol urdi va atigi 2 ta gol o'tkazib yubordi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com