Rasmiy xabar. "Yuventus" futbolchisi klub bilan shartnomasini uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2018, 21:24
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi shartnomani uzaytirdi.

Braziliyalik Aleks Sandro "Yuventus"da 2023 yilga qadar qoladigan bo'ldi. Bugun futbolchi yangi bitimga imzo chekdi.

Bu mavsum Sandro Italiya A seriyasida 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta golli pas berdi.

27 yoshli futbolchi Turin klubida 2015 yildan buyon o'ynab kelmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: juventus.com