"Yuventus" himoyachisi mavsum so'nggida klubdan ketadi

Alisher
25 may 2024, 22:36
"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro joriy mavsum so'nggida klubni tark etadi.

"Monca"ga qarshi A Seriya 30-tur doirasidagi o'yin 33 yoshli Sandro uchun so'nggisi bo'ldi. Himoyachi shundan so'ng erkin agent aylanadi. U allaqachon Braziliya klublaridan biriga murojaat qildi.

Aleks Sandro joriy mavsum "Yuventus" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano