

Bu haqda Fabricio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qilgan. Sandro "keksa sinora"ni erkin agent sifatida tark etadi. Turin klubi esa futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni o'ylamayapti. 31 yoshli futbolchi "Yuve" tarkibida 2015 yildan buyon harakat qilib kelayotgandi.
Ushbu mavsumda esa u Italiya chempionatining 13 o'yinida ishtirok etib, 1 golga assist bo'ldi.



