Pochettino: "U bizning asosiy futbolchimiz bo'ladi"

Mirjalol Normatov
24 dek 2023, 14:14
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujumchi Kristofer Nkunku jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo'lishini aytdi.

"Nkunku uzoq muddatli loyihada bizning asosiy futbolchimiz bo'ladi, bunga ishonaman. Unga birdaniga bosim o'tkazish niyatida emasman. Uni asta-sekinlik bilan kuchayib borishiga yordam beramiz. Shuningdek, u bizni tushunishi va o'zini-o'zi rivojlantira bilishi kerak", - dedi murabbiy Fabricio Romanoga.

Eslatib o'tamiz, Nkunku ushbu mavsumda jarohati sababli APLning birorta o'yinida maydonga tushganicha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal