O'zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi yangi mavsumda qayerda to'p tepishi aniq

Iskandarov Abdulaziz
19 dek 2024, 13:15
Jamoalarimizda yangi mavsumga tarkib nuqtayi nazaridan tayyorgarlik davom etmoqda.

O'tgan mavsumda "So'g'diyona" darvozasini qo'riqlagan yosh darvozabon Muhammadyusuf Sobirov 2025 yilda ham ijara asosida Jizzaxda to'p tepadi. 2006 yilda tug'ilgan kiper 2024 yilda 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 3 ta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan bo'lsa, 2 ta bahsda darvozasidan 3 ta to'p olib chiqdi. Yil yakunlariga ko'ra, u joriy yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. 

Transfermarket portali uning narxini 150 ming evroga baholagan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia