O'zbekiston futzal terma jamoasi Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadi

Sherzod Nurmatov
27 mar 2022, 20:35
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash bosqichi oldidan Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

Bahodir Ahmedov shogirdlari 29 va 30 mart kunlari yig'in doirasida Qirg'iz Respublikasi bilan nazorat uchrashuvida ishtirok etadi. Bahslar "Yunusobod" sport majmuasida soat 13:00 da boshlanadi.

Shuningdek, vakillarimiz ushbu majmuada ertaga, 28-mart kuni soat 10:30 da o'yinoldi rasmiy mashg'ulot o'tkazishadi.

Ma'lumot uchun, Osiyo Kubogi saralash bosqichi uchrashuvlari 10-12 aprel kunlari Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida bo'lib o'tadi. Vakillarimiz ushbu bosqichdagi ishtirokini 10 aprel kuni Nepal terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати