

Unda Kataloniyaning "Barselona" klubi Braziliyaning "Shapekoense" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi.
Ernesto Valverde boshchiligidagi "Barselona"ning Gamper kubogi oldidan so'nggi mashg'ulotidan fotolarni keltirib o'tamiz.

"Ko'k-anorranglilar"ning asosiy yulduzi Lionel Messining kayfiyati chog'.

Valverde o'ziga hos o'yinga shogirdlarini tayyorlamoqda.

Suares va Yumtitining to'p uchun kurashi.

Bravo ketgach, jamoaning asosiy posboniga aylangan Ter Shtegen bugungi uchrashuvga shay.

Messi jarima zarbasini ijro etishni mashq qilmoqda.


So'nggi tibbiy tekshiruvdan keyin Vermalen va Andre Gomesh o'yinni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.

Neymarsiz qolgan "Barsa"ning mashg'ulotlari mana shunday a'lo kayfiyatda o'tmoqda.

Bugun Leodan o'yinda ham mana shunday zarbalarni kutib qolamiz.

Bugun "Shapekoense" futbolchilari 71ta yulduz tasviri tushirilgan maxsus futbolkalarda maydonga tushishadi. 2016 yilning 29 noyabr sanasida Kolumbiyaning Medelin shahri yaqinida sodir bo'lgan aviahalokatda 71 nafar inson hayotdan ko'z yumgan.
"Barselona" matbuot xizmati ma'lumotlari va fotolari yordamida tayyorlandi



