

Serbiyalik Slavko Lukich va Ivan Rogach yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar ko'rik xulosalari ijobiy chiqsa, ular "lochinlar" bilan shartnoma tuzishadi. Bu haqda "Navbahor" muxlislar klubining telegramdagi kanali xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, bugun "Navbahor" Oston O'runov bilan shartnomani uzaytirgani haqida xabar berilgandi.




