Mourinyu - Arteta haqida: "Arsenal"da ishlash uchun yuqori saviyada bo'lish kerak, demak..."

Mirjalol Normatov
3 dek 2020, 23:51
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Arsenal"dagi hamkasbi Mikel Arteta haqida fikr bildirdi.

"U yaxshi murabbiy, istedodi bor. U murabbiylikka kelishi bilanoq, muhim pallada tezda sovrinlar qo'lga kiritdi.

"Arsenal"da ishlash uchun yuqori saviyali bo'lish kerak. Sen "Arsenal"ni boshqaryapsanmi, demak, shunga munosibsan.

Demak, Mikel ajoyib murabbiy. Shu o'rinda ushbu sohada ishlayotgan barchaga o'z hurmatimni aytib o'tmoqchiman", - dedi Mourinyo.

"Tottenxem" - "Arsenal" uchrashuvi 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal