Messi va Neymar PSJing CHL doirasidagi "Bryugge"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasida

Alisher
14 sen 2021, 15:00
PSJ hujumchilari Lionel Messi va Neymar CHL doirasidagi "Bryugge"ga qarshi o'yin uchun Belgiyaga yo'l oladigan tarkibda bor.

Argentinalik va braziliyalik futbolchi "Klermon" (4:0)ga qarshi Fransiya chempionati doirasidagi o'yinni o'tkazib yuborishdi, sabab ular termadan kech kelishgan edi.

Parijliklarning lazaretida shuningdek Italiya terma jamoasi tarkibida jarohat olgan yarim himoyachi Marko Verratti bor.

Eslatib o'tamiz, "Bryugge" - PSJ o'yini ertaga Bryuggeda bo'lib o'tadi.







O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/PSG_English