"Manchester Yunayted" Milik uchun 70 million evro taklif qildi

Alisher
14 sen 2020, 18:23
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik "Manchester Yunayted" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

26 yoshli polshalik futbolchi 70 million evro evaziga "qizil iblislar"ning hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "Napoli" bunga javoban Milikka shartlari ma'lum qilinmagan yangi shartnoma taklif qildi. Forvardning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi yakunlangan mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun