“Man Siti” yoshlar jamoasi futbolchisi MYUga qarshi derbida pokerga erishdi va buni Ronaldu uslubida nishonladi
Eldor Akmurzayev
6 noya 2022, 08:15
APL yoshlar chempionati 11-turida musobaqada peshqadami “Man Siti” MYUga qarshi bahs olib borib, hamshaharini 6:1 hisobida tor-mor etdi.
“Shaharliklar” safida 18 yoshli Karlush Borges pokerga erishdi va buni Krishtianu Ronalduning trendga chiqayotgan uslubida nishonladi. Borges Portugaliya yoshlar (U-18) termasi a'zosi ham hisoblanadi.