Lukas Ernandes: "Bugungi kun men uchun ajoyib bo'ldi"

Mirjalol Normatov
28 mar 2019, 00:33
Bugun "Bavariya" "Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandesning transferini e'lon qildi.

Futbolchining o'zi transferi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun faoliyatimdagi yodda qolarli kun bo'ldi. "Bavariya" - dunyodagi buyuk klublardan biri hisoblanadi. Jamoa sovrinlarni qo'lga kiritishiga katta yordam bera olishimdan faxrlanyapman.

"Atletiko", murabbiylar, menejerlar, muxlislar va jamoadoshlarimdan minnatdorman. Bu klub yuragimda qoladi. Umid qilamanki, men oldinga qadam tashlayapman", - dedi himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com