Luis Enrike: "PSJ "Nyukasl"ga qarshi o'yinda bunday mag'lubiyatga loyiq emasdi"

Omonjon To`xtamirzayev
5 okt 2023, 14:23
Luis Enrike YCHL 2-turi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yindan (1:4) keyin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Mutaxassisning fikriga ko'ra, jamoasi bundan ko'prog'iga loyiq edi.

"Biz bunday natijaga loyiq emasdik. Biz ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo bunday vaziyatlarda yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatish zarur. Natija biz uchun yomon bo'ldi, lekin yo'limizda davom etishimiz zarur.

Maqsadimiz – 1/8 finalga yo'llanmani qo'lga kiritish. Guruh oson emas, biz hali ham 2-o'rindamiz. Oxirgi uchrashuvlar juda qiziq bo'ladi. Ana o'sha bahslarda biz bor kuchimizni ko'rsatishimiz muhim", – dedi Luis Enerike.

PSJ YCHL doirasidagi keyingi uchrashuvni 25 oktyabr kuni "Milan"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta