"Lion" "Manchester Siti"ga qarshi o'yin uchun niderlandiyalik hakam tayinlanishidan norozi. Nega?

Alisher
14 avg 2020, 13:30
"Lion" UEFAga Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin uchun tayinlangan hakamni o'zgartirishni so'rab murojaat qildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu chorak final o'yinini niderlandiyalik hakam Danni Makkeli boshqarishi kerak.

"Lion" Makkelining "shaharliklar"ga yon bosishidan xavfsiramoqda. Sababi "Man Siti" yarim finalga chiqadigan bo'lsa, Amstyerdamning "Ayaks" klubi guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi. Agar "Lion" g'alaba qozonadigan bo'lsa, "Ayaks" pley-offdan o'tishiga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Lion" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal