Levandovski Chempionlar ligasi favoritlari haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2021, 09:36
"Bavariya" futbolchisi Robert Levandovski YCHL favoritlari haqidagi savolga javob qaytardi.

- Kelajakda qaysi o'yinlarda gol urishni istardingiz?

- Chempionlar ligasi finalida. Shuningdek, Jahon chempionatining pley-off bosqichida Polshaning hal qiluvchi golini urishni istayman. Bu men uchun orzu. 


- Ushbu mavsumda qaysi jamoani Chempionlar ligasi favoriti deb hisoblaysiz?

- Menimcha, "Liverpul", "Manchester Siti", PSJ, "Real", "Chelsi" va biz. 

Birinchi o'yin fevral oyida o'tkaziladi. U paytga borib ko'p narsa o'zgarishi mumkin. Ammo fikrimcha, ayni vaqtda yuqoridagi olti jamoa qolganlardan ustunroq", - dedi Levandovski. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Bayern & Germany