Kasorla "Arsenal" "Vilyarreal"ning ikki futbolchisiga qiziqayotganligini tasdiqladi

Alisher
14 fev 2020, 14:37
"Vilyarreal" xavbeki Santi Kasorla "Arsenal"ning ikki jamoadoshiga qiziqayotganligini tasdiqladi.

Gap himoyachi Pau Torres va xavbek Samuel Chukvezelar haqida ketmoqda.

"Ha, "Arsenal" ularga qiziqish bildirmoqda. Ular shu ikki o'yinchi haqida doim so'rashadi. Umuman olganda bu yaxshi, sababi top-klublar "Vilyarreal"ning yosh o'yinchilariga qiziqmoqda. Ammo, ayni vaqtda ularning Ispaniyada qolganlari yaxshi.

Ular hali o'sishlari kerak. Masalan, Pau Torres "Barselona" yoki "Man Siti"ning unga qiziqayotganligini eshitadi. Ammo u hali u yerda unga joy topilishini ham tushunadi", - deydi Kasorla.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca