JCHga ilk marta chiqqan terma jamoa Angliya va Belgiyadan ustun bo'lishni istamoqda

Tolibjon Qosimov
27 fev 2018, 20:32
O'z tarixida ilk marta Jahon chempionatida ishtirok etadigan Panama terma jamoasi bosh murabbiyi Edgar Karvaxal mundial haqida fikrlarini bildirdi.

"Mundialning bir qismi bo'lishni istagandim - orzuimga yetishdim. Biz bu turnirda munosib ishtirok etish uchun katta ko'lamli ish bajardik. Endi ikkinchi orzuimni amalga oshirishim kerak - guruhdan chiqish", - dedi Karvaxal.

Panama mundialning "G" guruhidan o'rin olgan va Angliya, Belgiya hamda Tunis termalari bilan bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ТАСС