

Ushbu g'oya 10 yil ichida (katta ehtimol bilan 2026 yilda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan Mundialda) amalda qo'llanilishi mumkin.
Infantino bu borada dunyo futboli amaldorlari bilan suhbatlar ham o'tkazdi. Yangi prezident bu g'oya barchaga yoqqaniga ishonmoqda: "Barcha jamoalar sonini ko'payishini istaydi. Kimgadir 40 ta, kimgadir esa 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan musobaqa maqul kelmoqda".

Infantino - ancha vaqtdan beri terma jamoalar sonini ko'paytirish istagida yurgandi. Bir yil oldin saylovoldi dasturida ham JCHda 40 ta terma jamoani ko'rish istagi borligini ma'lum qilib o'tgandi. Ammo, u hozircha turnirni o'tkazish tizimi, taqvim va boshqa rejalari bilan o'rtoqlashgani yo'q. Bu esa UEFAga, aniqrog'i Yevropa futbol assotsiatsiyasining yangi prezidentiga ham yoqmayapti: "Xar kuni turli variantlar haqida o'qiyman. Ushbu loyiha qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini esa bilmayman. Xar holda, FIFA ushbu istagini faqat gazeta va intervyular orqali ma'lum qilib kelmoqda, rasmiy bayonot orqali emas", - deydi Aleksander Cheferin.
Bu nimaga kerak?
Infantinoning ishonchi komil, bu loyiha futbolni ommaviylashtirishga katta yordam beradi. Aynan shu sabab, u Platini bilan birgalikda Yevropa chempionati ishtirokchilarini ham 24 taga ko'paytirdi.
"Terma jamoalar sonini 48 taga etkazish orqali, biz hozirgidek 64 ta emas, 80 ta o'yin tomosha qilishimiz mumkin. Evro-2016da biz yangi terma jamoalar qanday jasorat ko'rsata olishlari guvohiga aylandik. Biz bir narsani tushunib olishimiz kerak, bunday turnirlar - shunchaki musobaqa emas, bu butun dunyo uchun katta ijtimoiy voqelik bo'ladi" - deydi Janni Infantino.
Buni terma jamoamizga foydasi bo'lishi mumkinmi?
Maqolaning davomini OLAMSPORT.COM saytida o'qishngiz mumkin.



