Italiya klubi Kavani bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
8 iyul 2022, 13:10
Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tajribali futbolchiga "Monca" qiziqish bildirmoqda. 

A Seriyaning yangi ishtirokchisi erkin agent maqomidagi 35 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Kavani o'tgan mavsum "qizil iblislar" safida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia