

"RMC Sport" xabariga ko'ra, urugvaylik hujumchining butsalarini mixga ilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Gap shundaki, 28 dekabr - ispanzabon mamlakatlarda 1 aprelga o'xshash hazil kuni. Shu bois hatto katta manbalar ham urugvaylik futbolchining faoliyatini yakunlaganiga ishonib qoldi. Ayniqsa, Kavani nomidan yolg'on bayonot tarqatilgani ko'pchilikni chalg'itib, feyk xabarga ishontirib qo'ydi.

Avvalroq Kavani butsalarini mixga ilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



