Rasman: Edinson Kavani "Boka Xuniors"ga o'tdi

Alisher
30 iyul 2023
Urugvaylik futbolchi Edison Kavani faoliyatini “Boka Xuniors”da davom ettiradi.

36 yoshli futbolchi Argentina jamoasi bilan 2024 yilning dekabr oyiga qadar shartnoma imzoladi. U klubga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. 

Eslatib o'tamiz, Kavani o'tgan mavsum “Valensiya” safida 28 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com