Gattuzo haqoratlarga ko'milayotgan shogirdini himoya qildi

Tolibjon Qosimov
14 dek 2017, 19:39
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo muxlislar jamoa darvozaboni Janluiji Donnarummani haqorat qilishayotgani haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"U 18 yoshli oddiygina bolakay, u bundan hayron qoldi. Uning boshida qanday fikrlar o'tayotganini faqat tasavvur qila olaman. U o'z yoshida dunyoning eng zo'r kiperi.

Men muxlislarni hurmat qilaman, lekin Donnarumma yaqindagina oxirgi 7 oyda birinchi marotaba tarkibdan tushib qolgani uchun 4 kun tinimsiz shikoyat qildi. U birorta ham mashg'ulotni o'tkazib yubormadi.

Muxlislar bolakayni hayvondek tasavvur qilishmoqda.

Jiji shaxsan menga ketmoqchi ekanligini aytmadi. Agar aytganida hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. Men Rayolaning harakatlari haqida gapirmayman, chunki men faqat Jiji bilan gaplashaman.

Menda qo'rqinchli tuyg'ular paydo bo'ldi. Muxlislar bolakayni hayvondek tasavvur qilishmoqda. Yaxshi ham, stadionda faqatgina 9 ming odam bor ekan. Tasavvur qilib ko'ring, agar uni 50 ming odam haqorat qilganida...", - dedi Gattuzo.


Milan muxlislari Donnarummaga: Tur yo'qol, axlatning bo'lagi!

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia