

Ilgari 25-raqamda o'ynagan darvozabon Janluidji Donnarumma 1-raqamni oldi. Bu raqam ostida “Lids”ga o'tgan posbon Jeyms Trafford harakat qilayotgandi.
Himoyachi Mark Gexi 15-raqamni Natan Akening “Fenerbaxche”ga ketishidan so'ng bo'shab qolgan 6-raqamga almashtirdi.
Jamoaning yangi a'zosi Elliot Anderson 5-raqamda to'p tepadi. O'tgan mavsumda bu raqam klubni tark etib, “Inter” bilan shartnoma imzolagan Jon Stounzga tegishli edi.
Yana bir yangi xarid, darvozabon Xeronimo Ruli 28-raqamni oldi. O'tgan mavsumda ushbu raqam bo'sh turgandi.



