Yevropa Ligasi. “Roma” futbolchisi yana ikki o'yinga chetlatildi

Eldor Akmurzayev
22 okt 2022, 08:55
“Roma” hujumkor yarim himoyachisi Nikolo Zanolo Yevropa Ligasi joriy mavsum guruh bosqichida boshqa maydonga tushmaydi.

U yana qo'shimcha 2 o'yinga chetlatildi. Zanolo 3-tur doirasida o'tgan “Betis” bilan bahsda qizil kartochka olgan va diskvalifikaciya tufayli ispan jamoasiga qarshi javob bahsida qatnashmagandi. Shunday qilib, futbolchi “Ludogorec” hamda XIK bilan uchrashuvlarda ham rimliklarga yordam berolmaydi.

Eslatib o'tamiz, “Roma” o'z guruhida 4 ochko bilan 3-o'rinda turibdi. Jamoani oldinda 27 oktyabr kuni (23:59) XIKga qarshi bahs kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport