Yevropa Ligasi. “Benfika” va “Arsenal” o'rtasidagi ilk bahs Rimga ko'chirildi. “Real Sosedad” – MYU uchrashuvi esa …

Eldor Akmurzayev
9 fev 2021, 19:00
Musobaqa 1/16 finalidan o'rin olgan 18 fevraldagi “Benfika” – “Arsenal” o'yini Rimda bo'lib o'tadi.

Buyuk Britaniyada Portugaliyadan keluvchi fuqarolarga nisbatan karantin cheklovlari jiddiy bo'lgani tufayli mazkur bahs neytral maydonga ko'chirildi.

Ayni payt Londonda o'tishi kerak bo'lgan javob bahsi qayerda o'tkazilishi noma'lum. Qaror keyingi hafta qabul qilinadi.

Shuningdek, EL 1/16 bosqichidan o'rin olgan “Real Sosedad” – MYU uchrashuvi Ispaniyadan Turinga ko'chirilishi kutilmoqda. Hozircha UEFA bu haqda rasmiy bayonot bermadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA