

"Barselona" klubi himoyachisi Erik Garsiya Angliya grandidan ketishi haqida gapirdi.
"Men o'z qobiliyatimni to'g'ri baholayman. "Man Siti"da raqobat o'ta kuchli edi va sen o'z ustingda tinimsiz ishlashing kerak. "Barselona"da ham tarkib uchun ayovsiz jang ketadi va bu juda foydali. "Barsa"ga o'tishni juda istagandim, Gvardiola esa buni tushundi.
Har doim Bernardu Silva "Siti"dagi asosiy o'yinchi ekanini aytardir. Agarda u "Barselona"ga o'tadigan bo'lsa, Silva asosiy tarkib uchun kurashashi kerak bo'ladi. Sababi, raqobat juda yuqori", -deydi Erik Garsiya.



