"Chelsi" "Yuventus" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
8 iyun 2018, 18:56
"Chelsi" vakillari "Yuventus" futbolchisi Gonsalo Iguain bilan muzokaralarni boshladi.

Oldinroq futbolchining o'zi ham APLda o'ynash istagi borligini ma'lum qilgandi. Hozirda "Chelsi" direktori Marina Granovskaya futbolchining agenti va akasi Nikolas bilan shartnoma borasida muzokaralar olib borishmoqda, deb xabar beradi “Tribalfootball” nashri.

"Keksa sinora" 30 yoshli futbolchining transferidan 50 mln evro ishlab olishni rejalashtirayotgandi. Biroq "Chelsi" mablag' o'rniga Alvaro Moratani taklif etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tribal Football