“Chelsi” yana bir futbolchisi bilan yangi shartnoma tuzdi

17 yanv 2020, 07:04
20 yoshli Ris Jeyms London klubida uzoqroq qoladigan bo'ldi.

“Aristokratlar” matbuot xizmati xabariga ko'ra, Ris Jeyms bilan 2025 yil yoziga qadar yangi bitim imzolangan.

Joriy mavsum Jeyms “Chelsi” safida 20 ta o'yin o'tkazdi.

Jeyms - “ko'klar” tarbiyalanuvchisi. U o'tgan mavsumni ijara asosida “Uigan” safida o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Челси” расмий сайти