"Chelsi" 2001 yildan beri Premer-ligadagi eng yomon safar o'yinlari seriyasini qayd etdi

Оқил Абдубарноев
27 fev 2023, 02:11
"Chelsi" yakshanba kuni "Tottenxem"ga qarshi kechgan derbida 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Premer-ligada “nafaqachilar”ning safardagi so'nggi sakkizta uchrashuvini oladigan bo'lsak, jamoa to'rt marta durang o'ynadi va shuncha mag'lub bo'ldi. Safardagi 8 o'yinda g'alaba qozona olmagani jamoaning 2001 yilning mart oyidan beri Premer-ligadagi eng yomon seriyasi sanaladi. 

"Chelsi" 11 mart kuni APLdagi navbatdagi o'yinini safarda o'tkazadi. Shu kuni londonliklar “King Pauer”da “Lester”ga qarshi maydonga tushadi.

"Aristokratlar" hozirda APL turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports Statto