Belerin Ispaniya terma jamoasiga chaqirilishi haqida: "Bu og'ir o'tgan 4 yil kutish bo'ldi. Men baxtliman"

Alisher
10 noya 2020, 17:37
"Arsenal" qanot himoyachisi Ektor Belerin Ispaniya terma jamoasining noyabr oyidagi o'yinlariga chaqirilgani haqida gapirdi.

"Ha, men uyga qaytishdan aqlbovar qilmas darajada xursandman. Meni so'nggi bor chaqirishganiga deyarli 5 yil bo'ldi, shu sabab men juda baxtliman.

Bu og'ir o'tgan kutish yillari bo'ldi. Doim ham terma jamoaga qo'shila olmaysiz, ammo men g'ururlanaman va hozir juda ham baxtliman. Buni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", - deydi Belerin.

Eslatib o'tamiz, Belerin "Arsenal" akademiyasiga 2011 yilda "La Masiya" ("Barselona")dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: goal.com