"Bavariya"ning sobiq futbolchisi klubni boshqarishi mumkin

15 may 2019, 20:40
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach mavsum yakunida lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda.

Myunxen klubi hozirda Gollandiyaning PSV jamoasini boshqarayotgan Mark Van Bommelga qiziqish bildirmoqda. 

42 yoshli gollandiyalik 2006-2011 yillar mobaynida "Bavariya" sharafini himoya qilgan va ikki martadan Germaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo'lgan.

Van Bommel o'tgan yili yozda PSV jamoasini qabul qilib olgan va ayni paytda klub "Ayaks"dan 3 ochko ortda qolgan holda Erediviziyada 2-o'rinda bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild