Van Bommel "Volfsburg" murabbiyligidan ketdi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2021
"Volfsburg" ustozi Mark van Bommel o'z lavozimini tark etdi.

Niderlandiyalik mutaxassisning ishdan kyetishi jamoaning muvaffaqiyatsizliklari bilan bog'liq. "Bo'rilar" 8 o'yindan buyon g'alaba nima ekanligini bilishmayapti. "Volfsburg" oxirgi marta 11 sentyabrda g'alabaga erishgan.

Jamoa Bundesligada 13 ochko to'plab, 9-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, van Bommel klubni shu yilning iyunida qabul qilib olgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: vfl-wolfsburg.de