Van Bommel "Milan"ga o'z nomzodini taklif qildi

Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Mark van Bommel "Milan" klubi murabbiyligi postiga o'z nomzodini taklif qildi, deb xabar berdi Calciomercato.

Anchadan buyon "rossonerilar" bosh murabbiyi Stefano Pioli mavsum yakunida lavozimidan ozod qilinishi, uning o'rnini Ralf Rangnik egallashi mumkinligi haqida gapirilayotgandi. Ma'lumot uchun, van Bommel 2011-12 yillarda "Milan"da to'p tepgan. U 2018-19 yillarda PSVda bosh murabbiy sifatida ishlab ko'rdi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchradi.


Manba: Calciomercato