"Volfsburg" van Bommelning jamoaga bosh murabbiy bo'lganini e'lon qildi

Alisher
2 iyun 2021
44 yoshli Mark van Bommel "Volfsburg" bosh murabbiyiga aylandi.

Nemis klubi matbuot xizmati niderlandiyalik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Mark van Bommel 2019 yilning so'nggida PSVni tark etganidan beri ishsiz yurgandi.

Eslatib o'tamiz, "Volfsburg" Germaniya chempionatini 4-o'rinda yakunladi va Chempionlar Ligasiga yo'llanma oldi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/vfl_wolfsburg